27 apr 21:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Mavlud Tifievning jangi bekor qilingan Core FC 1 turnirida boshqa bir vakilimiz oktagonga chiqdi
Turkiyaning Istanbul shahridagi Ulker Sports Arena majmuasida MMA bo'yicha Core FC 1 turniri tashkil etildi.
Musobaqa doirasida ikki o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi — Mavlud Tifiev va Magomed Magomedov oktagonga ko'tarilishi kerak edi. Biroq turnirdan oldingi vazn o'lchash marosimida Tifievning raqibi Erdem Taha Dincher belgilangan vazn meyorini bajara olmadi va oqibatda bellashuv bekor qilindi.
Magomed Magomedov esa turnirda ozarbayjonlik Farid Alibabazade bilan jang qildi. Bahs ikkinchi raund oxirida Faridning nokaut orqali qo'lga kiritgan g'alabasi bilan yakuniga etdi.
SHu tariqa, 26 yashar Magomed faoliyatidagi 12-jangida 3-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Uning hisobida 9 ta g'alaba bor. Farid Alibabazadening rekordi esa endi 13-8-1 ni tashkil etmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar