07 jan 13:25
Yangiliklar
Mavsumning ilk WTA sovrini Qozog'istonga ketadigan bo'ldi
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning to'rtinchi raqamli tennis malikasi, qozog'istonlik Elena Ribakina hamda ikkinchi raketka, belaruslik Arina Sobolenko o'zaro to'qnash kelishdi. WTA 500 toifasiga kiruvchi turnir finalida Ribakina raqibasini deyarli sezmadi - 6/0, 6/3.
Elena bu bilan tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi mag'lubiyat farqini qisqartirdi - 3:5. Roppa-rosa 70 daqiqa davom etgan final bahsida Ribakina 7, Sobolenko 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. CHempion qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Breyklar 5 ga 1 ko'rinishida qozog'istonlik tennischi foydasiga.
Uchrashuv davomida belaruslik tennischi shifokorlarga murojaat qilishga majbur bo'ldi. U chap oyog'ining son qismidagi og'riq sabab tibbiy tanaffus oldi.
Brisbane International turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Elena Ribakinaga 500 reyting ochkosi hamda 220,000 dollar mukofot puli keltirdi. U ertaga elon qilinadigan yangi reytingda Top-3`ga qaytadi. Bu qozog'istonlik tennischi uchun faolitiyadagi oltinchi WTA sovrini bo'ldi.
Fikrlar