So’nggi yangiliklar

11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0

05 iyu 15:58
Yangiliklar

Boks/MMA

"Maxachev bilan jang qilmoqchi edim". Usman dyu Plessiga javob berdi

UFC sobiq chempioni Kamaru Usman janubiy afrikalik Drikus dyu Plessining uni jang shartnomasini imzolashga ko'ndirishgani haqidagi gaplariga munosabat bildirdi.

"Men fevral oyidanoq jang qilishga tayyor edim — o'shandayoq jang so'ragandim. Menga esa: “Biz hali bilmaymiz”, deb javob berishdi. Hammamiz qaysi jangni xohlaganimni yaxshi bilamiz. Men aynan shu jangni istardim. O'ylaymanki, sahna ortida ko'plab jarayonlar bo'lgan. Endi esa Iliya bilan Islam o'rtasida jang tashkil qilishga urinishgani haqida turli gaplarni eshityapmiz. Men esa avvaldanoq Islam bilan jang qilishni xohlaganman.

SHuning uchun bu orqa fondagi ishlar ancha cho'zilib ketdi. Keyin Drikusning nomi tilga olindi. Menga jang taklif qilinmadi, faqat uning nomi aytildi. Men esa: “Ha, mayli. Menga faqat chempionlikka olib boradigan imkoniyat kerak. Men shuni xohlayman. Agar menga titul uchun jang bermasangiz, unda meni titulga yaqinlashtiradigan raqib bering”, dedim.

SHuning uchun bu jang menga taklif qilinmagan, faqat tilga olingan edi. Keyin men: “Xo'p, Mayamida jang qilamiz”, dedim. Hatto buni o'zim so'radim ham. Keyin esa ular: “Ha, Mayami juda yaqin, u tayyor bo'lmasligi mumkin”, deyishdi. Oxir-oqibat ham shunday bo'ldi.

Men jang bekor bo'ldi, umuman bo'lmaydi deb o'ylagandim. Keyin esa: “Ehtimol, jang bo'lib qolar”, degan gaplar chiqdi. Tabiiyki, bunday darajada logistik masalalarni hal qilish kerak bo'ladi va aynan shu ishlar ketgan. Nihoyat, jang rasman elon qilindi. SHunda men: “Jin ursin, bu jang haqiqatan ham bo'ladi shekilli. Unda tayyorgarlikni boshlayman”, dedim", — dedi Usman.

Eslatib o'tamiz, Usman avvaldanoq UFC chempioni Islam Maxachev bilan jang qilish istagini bildirgan edi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing