11 okt 08:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachev CHendlerdan norozi
Engil vaznda rossiyalik UFC jangchisi Islam Maxachev Maykl CHendlerning chempionlikka davogarlik qilishini aytganidan norozi bo'ldi.
"CHendlerning unvonga davosi kulgili. Uning uchun chempionlik kurashi yakunlandi. Boz ustiga CHendler oxirgi beshta jangida mag'lub bo'lgan keksa Toni Fergyusonni mag'lub etdi.
Avval Arman Carukyan va Dryu Dober kabi yosh va och yigitlar bilan jang qil, keyin qanchalik yaxshiligingni ko'ramiz!", - deb yozadi Maxachev.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar