19 iyu 12:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachev CHendlerga: "Nimaga qodir ekanligingni bilmoqchiman. Kel jang qilamiz"
Engil vazn toifasida UFC jangchisi Islam Maxachev sobiq Bellator chempioni Maykl CHendlerni oktagonga chorladi.
"Maykl, agar meni eshitayotgan yoki o'qiyotgan bo'lsang, kel buni amalga oshiramiz. Sen Bellator'dan kelding. Men seni nimaga qodir ekanligingni bilmoqchiman. Kel, o'zaro jang qilamiz", - deydi Islam ESPN telekanali studiyasida o'tirgan CHendlerga qarata.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev kecha o'tkazilgan UFC Vegas 31 turnirining markaziy jangida braziliyalik Tiago Moyzesni bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar