26 noy 10:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachev Dog'istonda orden bilan taqdirlandi (VIDEO)
34 yoshli yarim o'rta vaznda amaldagi UFC chempioni, rossiyalik Islam Maxachev Dog'iston Respublikasi rahbari Sergey Alimovich Melikovdan "Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xizmatlari uchun" ordenini qabul qilib oldi.
"Islam nafaqat dunyodagi barcha kamarlarni, balki Dog'istondagi barcha davlat mukofotlarini ham qo'lga kiritdi. Yana bitta g'alabadan keyin biz siz uchun yana bir ordenni tayyorlashimiz kerak bo'ladi. Lekin biz buni albatta qilamiz, rahmat!", deydi Melikov ordenni topshirish paytida.
Noyabr oyi boshida Maxachev Respublikaning eng yuqori mukofoti - "Dog'iston Respublikasiga xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangandi. U 16 noyabr kuni UFC 322 turnirining markaziy jangida avstraliyalik Jek Della Maddalenani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar