21 okt 12:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachev - dos Anos jangining yangi sanasi malum
Rossiyalik UFC jangchisi Islam Maxachevning jangi raqibi Rafael dos Anosda koronavirus aniqlangani bois qoldirilgandi.
UFC promousheni ushbu jangning yangi sanasini elon qildi. Maxachev va dos Anos 14 noyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night 183 turniri doirasida to'qnash kelishadi.
Eslatib o'tamiz, aslida Maxachev - dos Anos jangi 24 oktyabr kungi UFC 254 turniri doirasida o'tkazilishi kerak edi. 14 noyabr kungi turnirda yana bir rossiyalik jangchi Saparbek Safarov ham oktagonga ko'tariladi. Uning raqibi asli kelib chiqishi Kubadan bo'lgan amerikalik Xulian Markes bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar