24 okt 13:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachev Edvards - Kovington jangiga boradi
Islam Maxachevning menejeri Rizvan Magomedovning aytishicha, uning mijozi Edvards va Kovington o'rtasidagi jangni ko'rish uchun boradi.
"U Leon Edvards va Kolbi Kovington o'rtasidagi jangni ko'rishga bormoqchi. Ko'ramiz, voqeyliklar qanday rivoj topar ekan. U zaxira jangchisi bo'lishi mumkinmi?
Agar buni Volkanovski bilan holatga qiyoslayotgan bo'lsangiz, bu umuman boshqa holat. Aleks hech nimani xavf ostiga qo'ygani yo'q, chunki u fevralda ham Islamga yutqazgandi. Islam ham shunday holatga tayyor bo'ladimi? Barchasi uning maqsadi va jismoniy holatiga bog'liq.
Aleks divandan turib, jangga rozi bo'ldi, deyish noto'g'ri. U ham har kuni zalda va doimo mashg'ulot olib bordi", - dedi Rizvan Magomedov.
Edvards va Kovington o'rtasidagi jang 17 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida UFC 296 turniri doirasida o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar