16 noy 20:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachev Iliya Topuriyaning qo'pol gaplariga munosabat bildirdi
Engil vazn chempioni Iliya Topuriya ikki vazn toifasida UFC chempioniga aylangan Islam Maxachevni zerikarli jangchi deb atagandi.
Matbuot anjumanida jurnalistlardan biri Islamdan Topuriyaning ushbu haqoratiga munosabat so'radi.
— Topuriya seni UFC’dagi eng zerikarli jangchi deb aytdi. Bilaman, Jek bilan jangdan so'ng u haqda so'rashimizni iltimos qilgan eding. Hozir Topuriya bilan ehtimoliy jangga tayyormisan?
— Jarohatim yo'q, menda hammasi joyida. Og'riq sezmayapman. Men tayyorman. Keyingisi kim bo'ladi? Kelinglar... Buni osongina amalga oshiraman", - dedi Maxachev UFC 322 turniridan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar