29 jan 09:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachev: "Men uni yutishim mumkin bo'lgan bazi jihatlar bor"
Engil vaznda UFC chempioni Islam Maxachev o'rta vazn toifasiga o'tish ehtimoli haqida gapirdi.
"Bo'yim bunga imkon beradi, jismoniy xususiyatlarim ham yaxshi. Menga faqat mutaxassislar bilan ishlash, mushak massasini oshirish va ozgina vazn qo'shish kerak. O'ylaymanki, biz sinab ko'rsak bo'ladi. Jangdan keyingi matbuot anjumanida ham aytgandim, agar ertaga menga taklif qilishsa va vazn orttirishim uchun vaqt berishsa, rad etmayman. O'rta vazn toifasida jang qilishga roziman.
Men Dyu Plessisni 100% finish qila olaman deb aytmayapman, lekin uning janglarini, uslubini kuzatar ekanman, menda g'alaba kalitlari bor deb o'ylayman", dedi Maxachev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar