11 avg 10:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachev Oliveyra haqida: "Ochig'i, uyalib ketyapman"
Rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Islam Maxachev braziliyalik CHarlz Oliveyrani UFC yulduzlari Konor Makgregor va Neyt Dias bilan jang qilmoqchi bo'lgani uchun tanqid qildi.
"CHarlz ajoyib jangchi, u yaxshi g'alabali seriyaga ega va kuchli raqiblarini mag'lub etdi. Lekin, engil vazn toifasida UFC chempioni CHarlz Oliveyra Neyt Diaz yoki Konor Makgregor kabilarni jangga chaqirsa. Ochig'i bundan uyalib ketyapman. Bu yigitlar qachon g'alaba qozonganini eslash qiyin.
CHarlz Diaz va Makgregorga qo'ng'iroq qilmoqchi bo'ldi, mening ismimni esa unutib qo'ydi. Men haqimda so'rashsa, u pul yoki boshqa narsani bahona qiladi. U Dastin Pore yoki Jastin Getji bilan jang qilganda pul haqida o'ylamagan edi. Lekin, menga kelganda u Braziliyada jang qilgisi kelib qoladi", — dedi Maxachev DC & RC Youtube kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar