01 sen 11:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachev Oliveyraga qarshi jang haqida: "Men hamma narsaga tayyorman"
Engil vazn toifasida UFC jangchisi Islam Maxachev CHarlz Oliveyraga qarshi jang oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Menimcha, CHarlz g'alaba qozonishiga ishonchi komil emas. Jang qilmoqchi bo'lganida u mendan boshqa jangchilarga qo'ng'iroq qildi. Hamma uchun qiyin raqibligimni bilaman. CHunki menda doim bitta reja bo'ladi: ushlab olish, parterga o'tkazish va raqibni mag'lub qilish. Men barcha uchun dahshatli raqibman va buni hamma biladi.
Agar Oliveyra Abu-Dabiga yaxshi sport formada kelsa, shubhasiz yaxshi jang bo'ladi. To'qnashuv necha raund bo'lishidan qati nazar, men hamma narsaga, "stoyka"da va parterda jang qilishga tayyorman.
Bu mening maqsadim va unga erishish uchun juda qattiq mashq qilganman. Jang kuni juda yaxshi formada bo'laman", - dedi Maxachev.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar