So’nggi yangiliklar

21:30Мбаппедан сўнг уч карра ЕЧЛ соҳиби ҳам ПСЖдан кетишини эълон қилди 0 21:21Хитойлик курашчи 39 ёшли Магомед Ибрагимовни "нафақа"га кузатиб қўйди 0 20:09Энг оғир вазнда Париж-2024 Олимпиадасига Ўзбекистондан эркин курашчи бормайди 0 19:57Бетербиев ва Биволнинг вазнида вақтинчалик чемпионлик жанги ўтказилади 0 19:34Бортида Отабек Шукуров бўлган самолётни чақмоқ урди 0 19:13Пара пауэрлифтингчиларимиз Жаҳон кубогида тенгсиз бўлди! 0 18:52Руне Рим "Мастерс" бош соврини сари юришини давом эттирмоқда 0 18:31Уайт Жонс ва Миочич жангига оид янгиликни эълон қилди 0 18:10"Бавария"нинг янги бош мураббийи ким бўлиши деярли аниқ. Жамоа олдин у билан ЕЧЛни ютган 0 17:49Ломаченко чемпионлик камарини қўлга киритганидан сўнг фикрларини билдирди 0 17:27Жасмине Паолини учун Рим "таътиллари" тугади 0 17:06Қозоғистонлик мураббий: "Ўзбекистон билан Олимпиада финалида учрашишни истаймиз" 0 16:45Мбаппе "Реал" сабаб Саудия Арабистонидаги 200 млн евро ва АПЛ клублари билан музокаралар ўтказишдан бош тортган 0 16:24Камшибек Конкабаев Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордга қарши жанги ҳақида гапирди 0 16:01Рим "Мастерс". Циципас Штруффни енгиш учун 2,5 соат вақт сарфлади 0

23 okt 02:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Maxachev Oliveyraga, Yan O'Melliga, Maxmud esa Borraloga qarshi! UFC 280 turniri o'z yakuniga etdi!

Barchamiz orziqib kutgan kun etib keldi! Abu-Dabida UFC 280 turniri bo'lib o'tdi.

Ushbu turnirning markaziy jangida rossiyalik Islam Maxachev braziliyalik CHarlz Oliveyraga qarshi jang qildi! Co main eventda esa Aljemeyn Sterling va Ti Jey Dillashou to'qnash keldi. Bundan tashqari, Petr Yan va SHon O'Melli o'rtasidagi super qarama-qarshilik o'tkazildi. Hamyurtimiz Mahmud Muradov esa braziliyalik Kayo Borraloga qarshi jang qildi. Musobaqaning boshlang'ich prelim kard janglari 19:30da, prelim kard janglari 21:00da, asosiy kard janglari esa 23:00da start oldi. G'oliblar qoraytirilgan holda yozib borilgan.


Asosiy kard:

CHarlz Oliveyra (Braziliya) — Islam Maxachev (Rossiya) 

Aldjameyn Sterling (AQSH) — Ti Djey Dillashou (AQSH)

Petr Yan (Rossiya) — SHon O'Melli (AQSH)

Benil Dariush (AQSH) — Mateush Gamrot (Polsha)

Ketlin CHukagyan (AQSH) — Manon Fioro (Franciya)

Prelim Kard:

Belal Muhammad (AQSH) - SHon Bredi (AQSH)
Mahmud Muradov (O'zbekiston) - Kayo Borralo (Braziliya)
Ozdemir (SHveycariya) - Nikita Krilov
Abubakar Nurmagomedov (Rossiya) - Gaji Omargajiev (Rossiya)
Armen Petrosyan (Armaniston) - Ey Jey Dobson (AQSH)
Muhammad Mokaev (Angliya) - Malkolm Gordon (Kanada)
Kerol Rosa (AQSH) - Lina Lansberg (SHveciya)


BARCHA JANGLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR VA SURATLAR:






Jangdan olingan suratlarni tomosha qiling. Suratlar muallifi - Aziz To'xtamurodov, Olamsport.com muharriri

Engil vazn chempionligi uchun kechgan jangda rossiyalik Islam Maxachev braziliyalik CHarlz Oliveyrani ikkinchi raundda sabmishen evaziga g'alaba qozondi!


Maxachev-Oliveyra, 2-raund. Ikkinchi raund boshlandi. Islaaaaaam Maxacheeeeeeev ikkkinchi raundaayoq g'alaba qozonmoqda. Maxachev Oliveyrani bo'g'ib qo'ydi.

Maxachev-Oliveyra, 1-raund. Jang boshlandi. Ikkala jangchi ham ochiq jangga kirishib ketishdi. Ilk raund kutilganidek, parterda kechdi. Raund avvalida Oliveyra, ikkinchi qismida esa Islam Maxachev ustunlik qildi.

Boshlandi! Barchamiz kutgan daqiqadar!

Demak, jangchilar oktagonga birin-ketin chiqib kelishmoqda. Birinchi bo'lib, Islam Maxachev chiqib kelmoqda. Navbat CHarlz Oliveyraga!

Do'stlar, bizda uzoq kutilgan qarama-qarshilik boshlanish arafasida. Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi engil vazn chempionligi uchun kechuvchi to'qnashuv!

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------





Jangdan olingan suratlarni tomosha qiling. Suratlar muallifi - Aziz To'xtamurodov, Olamsport.com muharriri

Jang ikkinchi raundda yakunlandi, unda Aljemeyn Sterling qiyinchiliksiz g'alaba qozongan holda chempionlik kamarini ikkinchi bor muvaffaqiyatli himoya qila oldi.

Sterling-Dillashou, 2-raund. CHempionlik jangida ikkinchi raund boshlandi. Dillashou qo'lidan jarohat olganini ko'rishimiz mumkin. U bir qo'li bilan jang qilmoqda. Vaa bo'ldi. Jang to'xtatildi. Aljemeyn Sterling dominantlik ila g'alaba qozonmoqda. Uning ketma-ket yo'llagan kuchli zarbalariga Dillashou dosh bera olmadi. G'olib Aljemeyn Sterling.

Sterling-Dillashou, 1-raund. Boshlandi! CHempionlik jangi uchun kurash! Hozircha Sterling jangni parterga o'tkazmoqda. Vaaa Sterling ilk daqiqalardayoq Dillashouni bo'g'ib qo'ymoqda. Ammo Ti Jey bu vaziyatdan chiqib keta oldi. Raund Sterlingning yaqqol ustunligida yakunlandi.

Boshlandi!

Jangchilar oktagonga chiqib kelishmoqda

Bizda keyingi super jang eng engil vazn chempioni Aljemeyn Sterling va Ti Jey Dillashou o'rtasida bo'lib o'tadi.

Qonli jangda SHon O'Melli g'alaba qozondi, albatta ko'pchilik Petr Yanning g'alabasini kutgani shubhasiz.

Aljemeyn Sterling ham jangga so'nggi tayyorgarliklarni olib bormoqda.



--------------------------------------------------------------------------------------------------------------




Jangdan olingan suratlarni tomosha qiling. Suratlar muallifi - Aziz To'xtamurodov, Olamsport.com muharriri

Yan-O'Melli, 3-raund. So'nggi raund boshlandi! Yan yana faol boshladi raundni. Oyoq zarbaloari ko'paydi Petrda. Butun arena Petr Yanga muxlislik qilayotgkandek. Vaa SHon tizza zarbasi orqali Yanning qrshini yorib qo'ydi. SHon aynan qoshiga zarba berishga intilmoqda Petrning. SHu tarzda jang yakunlandi. G'olib - SHon O'Melli.

Yan-O'Melli, 2-raund. Ikkinchi raund start oldi! Petr Yan yana olg'a bormoqda. Vaaa SHondan dahshatli zarbalar seriyasi. Ana endi esa Yan dahshatli zarba bilan "uxlatib qo'yish"iga sal qoldi SHonni. Raundning ikkinchi qismi nisbatan sokinroq, parterda kechdi. Bu raund SHonning hisobiga yozilsa kerak.

Yan-O'Melli, 1-raund. Jang boshlandi! Yan ayni damda reytingda 1, SHon esa 11-o'rinda bormoqda. Ilk raund asosan masofada kechmoqda. Jangchilar bir-birini o'rganish bilan band! Yan parterga o'tkazishga harakat qilmoqda jangni. Raund yakunlandi, Yan ustunlik qildi, deya olamiz ushbu raundda.

Boshlandi!


CHarlz Oliveyra ham jangga so'nggi tayyorgarliklarni olib bormoqda

Super janglar start olmoqda!

Jangchilar oktagonga chiqib kelishmoqda.

Keyingi jang Petr Yan va SHon O'Melli o'rtasida bo'lib o'tadi.

Benil Dariush kutilganidek Mateush Gamrot ustidan g'alaba qozondi!


Islam Maxachev jang uchun so'nggi tayyorgarliklarni ko'rmoqda.


Aleks Volkanovski va Tay Tuivasa janglarni arenadan kuzatib borishmoqda

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------




Jangdan olingan suratlarni tomosha qiling. Suratlar muallifi - Aziz To'xtamurodov, Olamsport.com muharriri

Dariush-Gamrot, 3-raund. So'nggi raund! Dariush ushbu raundni faol boshladi! Dariush raund so'ngida dahshatli zarba yo'lladi, Gamrot bu zarbadan zo'rg'a "omon qoldi"! Qayta-qayta hujumlar Dariushdan. Va jang yakunlandi. G'olib - Benil Dariush!

Dariush-Gamrot, 2-raund. Dariush ushbu raundda masofani saqlagan holda oyoq zarbalari evaziga ustunlikni qo'liga olyapti. Gamrot raund so'ngida juda kuchli tizza zarbasini qo'lladi, ammo bu kech edi. Raund yakunlandi.

Dariush-Gamrot, 1-raund. Ushbu jangda Den Movahendi referilik qiladi. Yomon alomat) Ilk soniyalardayoq Dariush faol. Endi esa Gamrot yaxshi harakatlandi. Ilk raund umuman olganda teng kurashlar ostida kechdi. Raund yakunlandi.

Boshlandi!

Jangchilar oktagonga chiqib kelishmoqda.

Bizda navbatdagi jang polshalik Mateush Gamrot hamda AQSH vakili Benil Dariush o'rtasida bo'lib o'tadi.

SAHIFANI YANGILASH





Petr Yan jangga so'nggi tayyorgarliklarni olib bormoqda

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Co main event ishtirokchilari Aljemeyn Sterling va Ti Jey Dillashou ham arenada!

Markaziy jang ishtirokchilari CHarlz Oliveyra va Islam Maxachev manzilga etib keldi!



CHukagyan-Fioro, 3-raund. Jang franciyalikning kichik ustunligida yakunlandi. G'olib - kutilganidek franciyalik Manon Fioro.

CHukagyan-Fioro, 2-raund. Ikkinchi raund ham yakunlandi. Fioro bu raundda ham hayron qoldirishda davom etadi!

CHukagyan-Fioro, 1-raund. Jang boshlandi. Fioro qiyinchilik tug'dira olyapti, CHukagyanga. Ilk raund yakunlandi.

Boshlandi!

Jangchilar oktagonga chiqib kelishdi.

Demak, bizda Asosiy kardning ilk jangi - Ketlin CHukagyan Manon Fioroga qarshi!

Asosiy kard janglaridan oldin biroz tanaffus yuzaga keldi.


SHon O'Melli ham arenada!

Prelim kard janglari yakunlandi, navbat asosiy kardga!





Rossiyalik Petr Yan ham arenaga etib keldi
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Jang Yakunlandi, g'olib - Belal Muhammad

Muhammad-Bredi, 2-raund. Birinchi raunddan farqli ravishda Belal Muhammad ushbu raundni faolroq o'tkazmoqda. Muhammaddan zarbalar ketma-ketligi vaaaaaaa Belaaaaal Muhammaaaad nokautga uchratmoqda. Ajoyib! Falastinlik Belal Muhammad o'ndan ziyod ketma-ket zarbalar evaziga nokaut bilan g'alaba qozonmoqda.

Muhammad-Bredi, 1-raund. Jang boshlandi! Takidlab o'tish joiz, ayni damda Belal Muhammad burchagida Xabib Nurmagomedov sekundantlik qilmoqda. Ilk raund teng kurashlar ostida kechmoqda. Belal Muhammad ilk raundda oktagon markazini o'zinki qila oldi. Birinchi raund yakunlandi!

Boshlandi!

Keyingi jang Belal Muhammad va SHon Bredi o'rtasida bo'lib o'tadi. Jangchilar oktagonga ko'tarilishdi.

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------




Jangdan olingan suratlarni tomosha qiling. Suratlar muallifi - Aziz To'xtamurodov, Olamsport.com muharriri

Afsus! Muradov parterdagi nofaollik sabab muhim jangda mag'lub bo'ldi! Nima bo'lgan taqdirda ham hamyurtimizning keyingi jangiga omad tilab qolamiz!

Muradov-Borralo, 3-raund. So'nggi raund! Muradov uchun bu raund ham yomon yakunlangani yo'q! Raund asosan parterda kechdi. Va bo'ldi, jang yakunlandi. G'olib - Kayo Borralo afsuski!

Muradov-Borralo, 2-raund. Raund avvali hamyurtimiz ustunligida boshlandi. Oyoq zarbalari ko'paymoqda har ikki jangchida. Muradov juda xavfli vaziyatdan chiqib keta oldi, aniqrog'i gilotin usulidan. Parterdagi ustunlik asosan Muradovda ekani xabar qilindi. Raund yakunlandi! Super!

Muradov-Borralo, 1-raund. Ushbu jangda Dan Movahundi referilik qilmoqda. Ushbu raund teng kuchlar ostida, asosan parterda kechdi, Murodov g'alabaga juda yaqin kelgan edi, bong uning raqibini qutqarib qoldi.

Jangchilar oktagonga chiqib kelishmoqda. Boshlandi, hamyurtimizga omad! Olg'a Mahmud!

Vaaaaa bizda uzoq kutilgan to'qnashuv - Maxmud Muradov Kayo Borraloga qarshi.

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------




Jangdan olingan suratlarni tomosha qiling. Suratlar muallifi - Aziz To'xtamurodov, Olamsport.com muharriri

Ozdemir-Krilov, 3-raund. Vaaa uchinchi raundda ham Krilov ketma-ket zarbalar yo'llashni to'xtatmayapti. Yana teykdaun Nikitadan. Krilov g'alabaga juda yaqin. Va bo'ldi, jang yakunlandi. G'olib, haqli ravishda - Nikitaaaa Kriloooov. Hakamlar bir ovozdan Nikita g'alabasini qo'llashdi.

Ozdemir-Krilov, 2-raund. Krilov ikkinchi raundda ham ustunlikni qo'lga oldi. Yana teykdaun Nikiktadan. Bonusga arziydigan jang ko'ryapmiz! Bu raund avvalgisiga qaraganda biroz sokinroq kechdi. Raund Nikita Krilovning ustunligida yakunlandi.

Ozdemir-Krilov, 1-raund. Ushbu jang yarimog'ir vazn toifasida bo'lib o'tmoqda. Ilk soniyolardayoq jangchilar ochiq jangga kirishib ketishdi. Volkan Ozdemir ayni damda reytingda 8, Krilov esa 10-o'rinda bormoqda. Jang asosan "stoyka"da kechmoqda. Krilov ham munosib javob qaytara oldi. Kriiiilovdan dahshatli zarbaaaaaaa! Ozdemir qutulib qoldi bir amallab! SHunday bo'lsa-da Krilov Ozdemirni bo'g'ib qo'ydi, va bu vaziyatdan ham chiqib ketdi Ozdemir! Birinchi raund yakunlandi! Yondi!

Jangchilar oktagonga chiqib kelishmoqda. Boshlandi.

Navbatdagi jang SHveycariya vakili Volkan Ozdemir va Nikita Krilov o'rtasida bo'lib o'tadi.

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------






Jangdan olingan suratlarni tomosha qiling. Suratlar muallifi - Aziz To'xtamurodov, Olamsport.com muharriri

Nurmagomedov-Gajiev, 3-raund. Raund "stoyka"da boshlandi. Va bu borada ham Abubakar ustunlik qila oldi. Omargajievning nokaut bo'lishiga bir bahya qoldi. Jang shu tarzda yakunlandi. G'olib - munosib tarzda Abubakar Nurmagomedov.

Nurmagomedov-Gajiev, 2-raund. Nurmagomedov oyoq bilan taqiqlangan zarba yo'lladi. Ammo shunga qaramay, Omargajiev jangni davom ettirishga qaror qildi. Raund asosan parterda kechdi va bunda Abubakar yaqqol ustunlik qildi. Ochkolar hisobiga ham katta ehtimol bilan Nurmagomedov ustunlik qilyapti.

Nurmagomedov-Gajiev, 1-raund. Ilk raund kutilganidek Abubakar Nurmagomedovning ustunligida o'tdi. Ammo hozircha jangchilar kirishib olishgani yo'q.

Gaji Omargajiev va Abubakar Nurmagomedov jangi boshlandi!


Hamyurtimiz Mahmud Muradov ham arenaga etib kelgani xabar qilinmoqda. Ikkita jangdan so'ng aynan Muradov oktagonga ko'tariladi. SHuningdek, SHavkat Raxmonov ham shu erda.

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------



Jangdan olingan suratlarni tomosha qiling. Suratlar muallifi - Aziz To'xtamurodov, Olamsport.com muharriri

Petrsoyan-Dobson, 3-raund. So'nggi hal qiluvchi raund boshlandi. Petrosyanga qoyil qolmasdan iloji yo'q, Armen qoshidagi jarohati bilan jang qilmoqda. SHunday bo'lsa-da, Petrosyan jangni ohirigacha yakunlab qo'ydi, tasanno! Va bo'ldi, jang yakunlandi. G'olib - kutilganidek Armen Petrosyan.

Petrsoyan-Dobson, 2-raund. Ikkinchi raund nisbatan sokin o'tdi. Petrosyanda biroz charchoq sezilgandek, go'yo. SHunday bo'lishiga qaramay, statistikalarda Petrosyanning ustunligini ko'rishimiz mumkin. Jang ohirigacha boradigan ko'rinadi.

Petrsoyan-Dobson, 1-raund. Boshlandi! Ilk raund asosan "stoyka"da va Petrosyanning ustunligida o'tdi. Petrosyanning oyoq zarbalari yuz foiz aniqlikka ega bo'ldi, 12 ta aniq zarba. Hujumlar bo'yicha katta ustunlik Armenda.

Va uchinchi jang ham start olmoqda!

Jangchilar oktagonga chiqib kelishmoqda

Bizda keyingi jang! Armaniston vakili Armen Petrosyan hamda AQSH vakili Ey Jey Dobson to'qnashuvi!

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------




Jangdan olingan suratlarni tomosha qiling

Mokaev-Gordon, 3-raund. Gordon raund avvalida "flip" usulini amalga oshirdi, ammo samarasiz. Jang teng kuchlar asosida kechdi. Mokaevga anchagina qiyinchilik tug'dira oldi, kanadalik Malkolm Gordon. Vaaaa g'alabaaaaa! Mokaev Gordonning qo'lini qayirib qo'ydi. Va jang muddatidan oldin yakunlandi. Jang g'olibi - Angliya vakili Muhammad Mokaev. Mokaev g'alabali seriyasini davom ettira oldi. 9-0, ajoyib!

Mokaev-Gordon, 2-raund. Raund avvalidayoq Mokaev yana parterga olishga harakat qilmoqda raqibini. SHunday bo'lishiga qaramasdan, Gordon ham parterda yaxo'i harakat qilmoqda. Raund so'nggida esa Mokaevning o'zi bo'g'ish usuliga tushib qoldi, ammo Gordonga biroz omad etishmadi. Mokaev parterda yakunlashga harakat qilmoqda jangni.

Mokaev-Gordon, 1-raund. Ilk raunddayoq jangchilar bir-birini o'rganishni chetga surib qo'yib, ochiq jangga kirishib ketishdi. Gordon "stoyka"da juda tartibli ishladi, shu sabab ham Mokaev jangni parterga ko'chirishga harakat qildi. Va buni eplay oldi ham. Raund asosan Mokaevning taktikasi asosida kechdi.

Navbatdagi jang ishtirokchilari - Muhammad Mokaev va Malkolm Gordon oktagonga chiqib kelishmoqda

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------


Abubakar Nurmagomedov ham jangga tayyorgarlikni olib bormoqda

----------------------------------------------------------------------------------------------------------






Ushbu jangdan olingan suratlarni tomosha qiling. Suratlar muallifi - Aziz To'xtamurodov, Olamsport.com muharriri

Rosa-Lansberg, 3-raund. Lina ayni damda reytingda 12, Rosa esa 9-o'rinda bormoqda. Ammo Lina Lansberg Kerol Rosani juda-juda qiynamoqda. Bo'ldi, jang yakunlandi, g'olib - Kerol Rosa

Rosa-Lansberg, 2-raund. Ilk raundda ustunlik qilgan Rosa taqiqlangan zarba yo'lladi. SHunga qaramasdan Lina jangni davom ettira olmadi. Rosa g'alabaga borgan sari yaqinlashmoqda.

Rosa-Lansberg, 1-raund. Ilk raundda SHveciya vakilasi to'la ustunlik qildi. Raund asosan "stoyka"da kechdi. Rosa yaqqol ustunligini ko'rsatib qo'ydi.

Demak, bizda ilk jang Kerol Rosa - Lina Lansberg qarama-qarshiligi start olmoqda.

-------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------


Muhammad Mokaev jangga so'nggi tayyorgarliklarni olib bormoqda


Xasbik Etihad Arena'ga etib keldi

Kechaning boshlang'ich prelim kard janglari start olish arafasida

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing