10 okt 10:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachev: "Tez orada UFC'ning engil vazndagi chempioniga aylanaman"
Rossiyalik UFC jangchisi Islam Maxachev braziliyalik CHarlz Oliveyra bilan bo'lajak jangi haqida gapirdi.
Islam Maxachev va CHarlz Olivera o'rtasidagi jang 22 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
"Juda ham hayajonlanyapman, chunki orzuimga tobora yaqinlashyapman. Bu lahza juda ham yaqin. Tez orada men engil vazn chempioniga aylanaman. CHarlz juda xavfli jangchi. U raqiblarini zarba bilan ham, parterda ham mag'lub etgan. Lekin men o'z tajribamga ishonaman. Men "stoyka"da ham, parterda ham jang qilishga tayyorman, bu ahamiyatsiz.
Men uning jiu-jitsusidan qo'rqmayman. CHunki mening sambo va grepplingdagi tajribam yaxshi. Men unga bu borada zarba yo'llashiga ham yo'l qo'ymayman. U UFC'da anchadan buyon g'alaba qozonib kelmoqda, biroq mening maqsadim - bunga barham berish", - dedi Maxachev.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar