26 sen 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA

"Maxachevni nokaut qilaman - "Medison Skver Garden" "portlaydi" - Della Maddalena
UFC yarim o'rta vazn (77 kg) chempioni, avstraliyalik Jek Della Maddalena UFC 322 turnirida Islam Maxachevni nokaut qilish niyati borligini aytdi.
"Men Islamni juda jiddiy raqib va dunyodagi eng yaxshi jangchilardan biri sifatida qabul qilaman. Bu besh raundlik juda qiyin chempionlik jangi bo'ladi, shuning uchun men aniq taktika ustida ishlayapman va uni noyabrda amalga oshiraman.
Mening maqsadim? Oktagonga kirib, uni nokaut qilish. Eng yaxshi scenariy — muddatidan avvalgi g'alaba. Agar men pound-for-pound reytingida birinchi o'rinda turgan jangchini nokaut qilsam, "Medison Skver Garden" shunchaki "portlaydi", — dedi Della Maddalena.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar