07 avg 18:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachevning menejeri Oliveyraning gaplariga javob qaytardi
Islam Maxachevning menejeri Ali Abdel-Aziz CHarlz Oliveyraning mijozi haqida aytgan gaplariga munosabat bildirdi.
Braziliyalik MMA ustasi yaqinda Islam va uning jamoasidagilarni "takabburlar" deb atagan edi.
Ali Abdel-Aziz esa bunga quyidagicha munosabat bildirdi:
"Sening bizni takabbur deganingni eshitdim. Biz sening buyuk chempion, qolaversa juda yaxshi inson ekaningni bilamiz. Bu shahsiy masala emas. 22 oktyabr kuni ajoyib jang bo'lishi kerak, biz kim chempion bo'lishini ko'ramiz. Sen va jamoangga chuqur hurmat izhor etaman", - deb yozgan Abdel-Aziz tvitterdagi sahifasi orqali.
Eslatib o'tish joiz, Islam Maxachev so'nggi bor 27 fevral tongida Bobbi Gringa qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, Islam Maxachev - CHarlz Oliveyra jangi rasman tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar