06 iyu 07:29
Yangiliklar
“Maxsima Masters Eurasia Cup 2023” o'zbek chavandozlarining benefisiga aylandi
Musobaqaning har bir kunida sovrinli o'rinlardan joy olgan O'zbekiston terma jamoasi vakillari so'nggi kun dasturida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Hamyurtimiz Xurshidbek Alimjonov asosiy yo'nalishlardagi g'alabasi bilan ko'plab mutaxassislarning etiborini jalb qildi. CHavandozimiz oxirgi kunda “Bozart De Ruet” laqabli tulpori bilan 145 smli Gran-pri yo'nalishida g'olibona yurishini davom ettirdi. Ushbu dasturda qatnashgan boshqa bir vakilimiz Azam Tolibboev esa to'rtinchi pog'onadan joy oldi.
Qayd etish joiz, bu sportchilarimiz qo'lga kiritgan oltin medallarning yakuni emas. 120-130 sm balandlikdagi 19 ta to'siqdan sakrash yo'nalishida musobaqa qahramoni Xurshidbek Alimjanov “Kornets Krek” bilan yana bir g'alabani tantana qildi. 130 sm balandlikdagi to'siqlardan sakrash bo'yicha o'tgan dasturda “Leo King” laqabli tulporida harakat qilgan Bekzod Qurbonov uchinchi o'rinni egalladi.
SHuningdek, Alena Derevyanko Ekaterinburgda o'tgan “Maxsima Masters Eurasia Cup” ot yo'rttirish turnirida faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Fikrlar