04 apr 18:51
Yangiliklar
Taekvondo
May oyida o'tishi kerak bo'lgan Osiyo chempionati yana qoldirildi
Butun dunyo bo'ylab keng tarqalayotgan koronavirus pandemiyasi tufayli jahon darajasidagi sport musobaqalari o'tkazilish sanasi boshqa muddatga qoldirilmoqda.
Jumladan, Livanning Bayrut shahrida Taekvondo bo'yicha XIV Osiyo chempionati bo'lib o'tishi belgilangan edi. Dastlabki taqvimga ko'ra qita chempionati 3-6 martga belgilangan edi. Biroq musobaqa koronavirus tufayli 13-15 may kunlariga qoldirilgan edi. Lekin Butunjahon taekvondo federaciyasi rahbari CHunvon CHoyning xatiga binoan aprel va may oyidagi barcha musobaqalar keyinroq muddatga qoldirildi.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi hozirga qadar kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 6ta oltin, 5ta kumush va 18ta bronza, jami 29ta medalni qo'lga kiritgan.
O'zbekiston taekvondo associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar