03 apr 13:42
Yangiliklar
Tennis
Mayami WTA 1000 turniri juftligi bosh sovrini AQSHda qoldi
Ikki hafta davomida AQSHning Mayami shahri tennis bo'yicha ayollar va erkaklar o'rtasidagi nufuzli turnirlarga mezbonlik qildi.
Musobaqaning ayollar o'rtasidagi juftlik bahslarida amerikaliklar Kori Goff va Jessika Pegula bosh sovrin sohibasiga aylanishdi. Ular 102 daqiqa davom etgan final uchrashuvida kanadalik Leyla Fernandes hamda amerikalik Teylor Taunsend hamkorligidan 7/6(6), 6/2 hisobida ustun kelishdi.
Uchrashuv davomida Goff/Pegula 2, Fernandes/Tausend esa 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Mayamidagi muvaffaqiyatli ishtirok Goff va Pegulaga 1000 reyting ochkosi hamda 436,730 AQSH dollari miqdorida mukofot puli keltirgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar