27 mar 08:13
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/257101_220.jpg)
Mayami (WTA). Petra Kvitova Vekichga "chiqish eshiklari"ni ko'rsatib qo'ydi
Mayamidagi nufuzli tennis turnirining ayollar o'rtasidagi bahslari ham murosasiz kurashlar ostida davom etmoqda.
Dunyoning 12-raketkasi, chexiyalik Petra Kvitova 1/16 final uchrashuvida WTA reytingida 20-o'rinni egallab turgan xorvatiyalik Donna Vekichni qiyinchilik bilan taslim etdi - 6/4, 7/6(3).
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan beshinchi uchrashuvi edi - 4:1, Petra foydasiga. Kvitova 7, Vekich esa 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. CHexiyalik tennischi endi nimchorak finalda rossiyalik Varvara Grachyovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar