23 noy 17:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Mayk Tayson Joshua, Uaylder va Fyurini jangga chorladi
Superog'ir vazn toifasining sobiq chempioni Mayk Tayson hozirgi kundagi kuchli bokschilar bilan jang qilish niyati borligini bildirdi.
"Menimcha, Joshua, Fyuri va Uaylder ajoyib bokschilar. Ular jamiyat uchun juda ko'p ishlar qilishdi. Bu bokschilar muxlislarning yoqimtoylari va ko'rgazmali janglar bilan anchagina pul ishlab, boshqa insonlarga yordam berishlari mumkin.
Deylik, ular men bilan jang qilishsin. Jangdan tushgan mablag'larning asosiy qismini qiynalganlarga beramiz. Men ko'rgazmali janglarni nazarda tutayapman. Axir, bizning o'rtamizda hech qanday raqobat yo'q", -deydi Mayk Tayson.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar