13 avg 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Mayk Tayson Ngannuga maslahat berdi
Sobiq bokschi Mayk Tayson 28 oktyabr kuni Tayson Fyuriga qarshi bo'ladigan jangdan oldin Frensis Ngannuga tavsiya berdi.
"Qachonki seni Yaratgan qo'llab-quvvatlasa, shayton ham qo'llab turadi. Sening ortingda barcha qo'llayotgan bo'ladi. SHu payt kuchli bo'lish va to'g'ri yo'lda qola bilish kerak. SHayton ham sening miyangni aynitib, o'zining haq ekanligini ko'rsatmoqchi bo'ladi. O'shanda nimani tanlaysan?
Doimo Yaratgan seni yaxshi ko'rishini yoddan chiqarmasliging kerak. Bu haqiqiy urush. Bilginki, Yaratgan doimo sen bilan. Faqatgina bunga ishonishing kerak. Ishonch bunday pallada eng muhimi. Bilaman, ko'pchilik insonlar bunday o'ylamaydi. Men esa Ngannuga ishonyapman", - dedi Tayson.
Havola :
Manba : Hotboxin’ with Mike Tyson
Fikrlar