10 okt 11:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Mayk Tayson nima uchun UFC’da hech qachon jang qilmasligini tushuntirdi
Xalqaro boks shon-shuhrat zalining 59 yoshli azosi, superog'ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni, afsonaviy Mayk Tayson nima uchun UFC’da jang qilmasligini aytdi.
"UFC’ning eng yaxshi besh jangchisi bir bo'lib mening maoshimga tenglasha olmaydi", - dedi Mayk Tayson HardRockBet’ning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida elon qilingan videoda.
Malumot uchun, Tayson keyingi jangida amerikalik yana bir afsona Floyd Meyvezerga qarshi ringga ko'tariladi. Mayk so'nggi jangini 2024 yil 14 noyabr kuni amerikalik bloger-bokschi Jeyk Polga qarshi o'tkazib, hakamlar qaroriga ko'ra mag'lub bo'lgandi. Meyvezer esa 2024 yil avgust oyida kichik Jon Gottiga qarshi jang o'tkazgan edi. Jang to'liq sakkiz raund davom etgan bo'lsa-da, yakunda g'olib elon qilinmagandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar