05 iyu 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Mayk Tayson qamoqdagi kunlarini hayotining eng zo'r damlari deb atadi
Afsonaviy Mayk Tayson qamoqdagi kunlarini esladi.
U 1992 yilda zo'ravonlik sabab 6 yilga qamalgan va 1995 yilda muddatidan oldin ozodlikka chiqqandi.
"Men barchaga yaxshi munosabatda edim. Qamoqda hayotimning eng yaxshi uch yilini o'tkazganman. Men u erda xotirjam edim. Agar xotirjamlik bo'lmasa pullar xech qanday ahamiyatga ega emas.
Qamoqda sakkiz-to'qqiz mil yugurardim. Kechasi esa kameramda mashq qilardim. Bazida shunchaki sakrardim. Kameramda pol betondan edi va men uni sindirganman. O'zi 130 kg. edim, chiqqanimda esa 98 kg.ga tushganman", - dedi Tayson.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar