15 okt 19:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Mayk Tayson televizion shouda mast holda bo'lganligi taxmin qilindi + VIDEO
Sobiq jahon chempioni Mayk Taysonni "Xayrli tong, Britaniya" shousiga mast holda kelganligi taxmin qilindi.
Bokschi shou davomida juda sekin gapirgan va harakatlari g'ayritabiiy ko'ringan. SHundan so'ng, ijtimoiy tarmoqlarda har xil memlar tarqala boshladi. "Tayson yo qattiq charchagan, yoki juda ko'p ichgan" deyilgan ulardan birida.
Keyinroq Tayson bu harakatlarini quyidagicha izohlagan:
"Intervyugacha uyqidan uyg'onishga harakat qildim, lekin sal kechroq turdim. Men sherga o'xshab uxlayman, meni uyg'otish qiyin. Men muntazam mashq qilaman va erta yotaman. Menda monitor yo'q edi, shuning uchun men kameraga qarashni unutdim",-deb yozadi Mayk Tayson.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar