27 okt 13:59
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/47548_220.jpg)
Mayki Garsiya va Eroll Spens o'rtasida birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkaziladi
Engil vazn toifasida WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Mayki Garsiya yarim o'rta vaznda IBF chempioni Errol Spens bilan jang o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdi.
Mazkur qo'shchempionlik jangi 2019 yilning fevral oyida bo'lib o'tadi va pulli translyaciya (PPV) tizimida efirga uzatiladi. Epensga tegishli IBF chempionlik kamariga hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov ham davogar hisoblanadi.
Faqat buning uchun charm qo'lqop ustamiz avvaliga davogarlar o'rtasidagi saralash jangida g'alaba qozonishi kerak. Ayni paytda Qudratilloning jamoasi reytingda oltinchi o'rinda borayotgan yaponiyalik bokschi Keita Obaraning promouterlari bilan muzokara olib bormoqda.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar