20 may 14:02
Yangiliklar
Maykl CHendler: "Bellator'da yaxshi jangchilar yo'q. UFC - bu borada etakchi tashkilot"
"Bellator'da dunyoning eng yaxshi jangchisi roliga davogarlik qila olmadim, shuning uchun mahoratimni ko'rsatishni xohlamdim.
Bu haqda gapirish qiyin, sababi men jang qilgan promoushenlarim haqida hech qachon yomon fikr bildirmaganman. Men Bellator va Skott Kokerni, qolaversa shu promoushenda o'zimning yuqorilaganimni yaxshi ko'raman.
Lekin yaxshi jangchi bo'lish qiyin, agar shunday jangchilar bilan urushmagan bo'lsang. Meni kechirasiz, lekin Bellator dunyo bo'ylab kuchli jangchilarga ega emas. Istisnolar bo'lishi mumkin, ammo bu ayni haqiqat.
Koker bilan yozishib turamiz, biz bu mavzuni muhokama qildik, men undan promoushendagi faoliyatim uchun xursandman, lekin agar asosiy tashkilotda jang qilmaganimda, dunyodagi eng mashhur jangchilardan biri bo'lolmasdim. Buni barcha tan oladi, xeyterlar va sportni tushunmaydiganlardan tashqari.
UFC — etakchi tashkilot, UFC jangchilari sayyoradagi eng yaxshi jangchilardir", - dedi CHendler.
Fikrlar