23 may 16:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Maykl CHendlerning navbatdagi raqibi Jastin Getji bo'lishi mumkin
Engil vazn toifasida UFC kamariga sobiq davogar Maykl CHendlerning keyingi raqibi katta ehtimol bilan Jastin Getji bo'ladi.
Bu haqida UFC prezidenti Dana Uayt xabar berdi.
"CHendlerning keyingi raqibi kim bo'ladi? Yaxshi savol. Bu borada bir nechta variantlar bor. U Getji bilan jang qilishi mumkin. SHubhasiz, bu qiziqarli jang bo'lar edi: CHendler - Getji! Lekin hozir bu shunchaki faraz va rejalar", — deya Uaytning so'zlarini keltirmoqda TMZ.
Eslatib o'tamiz, yaqinda UFC 262 turnirining markaziy jangida CHarlz Oliveyra CHendlerni ikkinchi raundda nokautga uchratib, Xabibdan qolgan chempionlik kamari sohibiga aylangan edi. Getji esa o'zining so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabrida Xabib Nurmagomedovga qarshi o'tkazib, muddatidan avval mag'lubiyatini tan olgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar