11 avg 14:19
Yangiliklar
MDH o'yinlari. Medallar jamg'arish bo'yicha holat qanday?
Bugun, 11 avgust kuni sportchilarimiz basketbol (3x3), boks (qizlar), voleybol, futzal, suzish, zamonaviy beshkurash, muaytay, chim ustida xokkey bo'yicha musobaqalarda ishtirok etadilar.
Hozirgacha medallar jamg'arish bo'yicha O'zbekiston delegaciyasi 9 ta oltin, 13 ta kumush, 32 ta bronza medali bilan 22 ishtirokchi davlat orasida umumjamoa hisobida 3-o'rinni egallab turibdi. Rossiya terma jamoasi 89 ta oltin, 55 ta kumush, 33 ta bronza, jami 177 ta medal bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Bu borada Belarus terma jamoasi ikkinchi. Mezbonlar 29 ta oltin, 41 ta kumush, 76 ta bronza medallarini qo'lga kiritib ulgurishdi.
Ozarbayjon va Armaniston terma jamoalari ham kamida bitta oltin medalga ega chiqishgan. Qolgan davlatlarning esa hozircha Belarus zaminida madhiyasi yangramadi. Qozog'iston, Turkmaniston, Vetnam, Qirg'iziston, Tojikiston, Eron, Misr va Kuba terma jamoalari kamida bitta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Livan, BAA, Pokiston, Mo'g'uliston, Bahrayn, Malayziya, Quvayt, O'mon va Venesuela terma jamoalari hali musobaqa medallariga ega chiqishmadi.
Fikrlar