01 sen 07:19
Yangiliklar
MDH o'yinlariga tayyorgarlik davom etmoqda FOTOREPORTAJ
Ilk bor o'tkazilayotgan musobaqada MDHga azo Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Moldova, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekistondan 14 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan jami 1 500 nafar ishtirokchi 16 sport turida medallar uchun bahslarga kirishadi.
SHu kunlarda Birinchi MDH o'yinlarida ishtirok etadigan dzyudochilarimiz Toshkentda terma jamoa murabbiylari Ulug'bek Azizov, Kamol Murodov, Rafgat Izmaylov va Muqaddas Kubeeva boshchiligida kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarga zo'r bergan.
Tarkibdan Muzaffarbek To'raboev, Dilshodbek Yo'ldoshev, Jaloliddin Boynazarov, SHohruhxon Baxtiyorov, Irisxon Qurbonboeva, SHukurjon Aminova, Farangiz Hojieva singari IJF musobaqalarida qatnashishga ulgurgan yosh dzyudochilarimiz bor. Terma jamoamiz delegaciyasi 7 sentyabr kuni Qozonga yo'l oladi.
Fikrlar