So’nggi yangiliklar

19:45Махачевнинг менежери ММА тарихидаги буюк жангчиларни санади. Улар орасида Ислам ва Хабиб ҳам борми? 0 19:13Рэшфорд “Барселона”га мурожаат қилди: “Ҳар лаҳзадан завқ олдим” 0 18:46Крис Сайборг Ронда Роузига "вызов" ташлади 0 18:18Хамзат Чимаев Стриклендга: "Кечирим сўра!" 0 17:53IBA раҳбари Кремлёв Россия борасидаги қарордан сўнг World Boxing'га мурожаат қилди 0 17:19“Реал” футболчиси жароҳат сабаб бир неча ҳафтани ўтказиб юбориши мумкин 0 16:47Россия Қозоғистонда ўтказиладиган World Boxing Жаҳон чемпионатида иштирок этмоқчи 0 16:12Гусков жанг қилиши керак бўлган UFC турнири иштирокчилари тарозига чиқди 0 15:44Умида Омонова — Осиё чемпионати совриндори! 0 15:11"Бавария" уч футболчига умид боғламаяпти: уларнинг клубда келажаги йўқ 0 14:38Рамазон Темиров янги ҳомийлик шартномасини имзолади (ФОТО) 0 14:12Шаҳноза Мамажонова пара ўқ отиш бўйича Жаҳон кубоги ғолиби 0 13:44World Boxing россиялик боксчиларга байроқ ва мадҳия остида турнирларда қатнашишга рухсат берди 0 13:19"Челси" Франция терма жамоаси аъзосини 60 миллион еврога coтиб oлди 0 12:46Хабиб Ислам Махачевнинг чемпионлик жангига тайёргарлигига баҳо берди 0

04 sen 11:22
Yangiliklar

Paralimpiya

Medalciz yakunlangan kundan so'ng O'zbekiston paralimpiyachilarining umumjamoa hisobidagi o'rni o'zgardimi?

Parij shahri mezbonligida o'tayotgan Yozgi Paralimpiya o'yinlarining navbatdagi kungi bahslari ham ortda qoldi.

Kechagi kun dasturida o'zbekistonlik paralimpiyachilar medal qo'lga kirita olishmadi. Bugungi kun oldidan O'zbekiston sport delegaciyasi 6 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 10-o'rinni egallab turibdi. Kecha 9-pog'onadan joy olgandik. 

Xitoy Respublikasi 53 ta oltin, 40 ta kumush, 22 ta bronza, jami 115 ta medal bilan ro'yxatda katta ustunlik bilan peshqadamlik qilyapti. CHin yurti vakillari kechagi bahslarda ham bir kun oldingi kunda bo'lgani kabi 10 ta oltin medal qo'lga kiritishdi. Bu bilan ularning umumiy medallari soni 100 tadan oshdi. O'ttizta oltin, 18 ta kumush, 13 ta bronza medaliga ega Buyuk Britaniya ikkinchi o'rinni egallab turibdi. AQSH sportchilari 20 ta oltin, 22 ta kumush, 11 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasashgan. Braziliya delegaciyasi 14 ta oltin, 11 ta kumush, 23 ta bronza medali to'rtinchi pog'onadan joy olgan.  

Bizdan avvalgi o'rinlarni Franciya, Avstraliya, Italiya, Ukraina va Niderlandiya terma jamoalari band etgan. Kecha 4 ta oltin medal qo'lga kiritgan Ukraina 10-pog'onadan 7-o'ringa ko'tarilib oldi. Ukrainaning umumiy medallari soni 45 taga etdi. Jami 53 davlat delegaciyalari hisobida kamida 1 tadan oltin medal bor. Kamida 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgan davlatlar soni 72 taga etdi.   

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing