05 okt 20:47
Yangiliklar
Dzyudo
Medallar hal bo'ladigan tatamida dzyudochilarimiz bilan davra suhbati o'tkazildi FOTOGALEREYA
Ertaga poytaxtimizdagi "Humo Arena" saroyida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi 35-jahon chempionati boshlanadi.
Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov "Humo Arena"da yurtimiz sharafini himoya qiluvchi dzyudochilarimiz hamda ularning murabbiylari bilan uchrashdi. Ushbu suhbatning aynan bellashuvlar o'tadigan tatamida o'tkazilgani ahamiyatga molik holat.
Federaciya rahbari musobaqaning ahamiyati, yangi O'zbekistonning tarixiy g'alabalarini qo'lga kiritish va shu orqali yurtdoshlarimizni xushnud etish asosiy maqsadimiz bo'lishi kerakligi urg'uladi. Buning uchun davlatimiz rahbari tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilgani, bundan esa maksimal darajada foydalanishimiz lozimligi takidlandi.
Havola :
Fikrlar