So’nggi yangiliklar

14:23Тайсон Фьюри кейинги жанги муддатини айтди 0 14:02Умар Кремлёв Жон Жонс учун бокс жанги ташкил қилмоқчи 0 13:41"Борнмут" 127 йиллик тарихида илк марта еврокубокларга чиқди 0 13:20Хабиб Нурмагомедовда яна солиқлар билан боғлиқ муаммолар юзага келди 0 12:59Алиреза Фирузжа: "Синдаров билан ўйин унчалик қониқарли бўлмади" 0 12:38Сергей Фомин босниялик рақиби олдида ожиз қолди 0 12:17"Реал" Моуринью учун "Бенфика"га 3 млн евро товон пули тўлади 0 11:56Усик ва Верхувен пирамидалар фонида нигоҳлар жангини ўтказди + ФОТО 0 11:35Дана Уайт: "Биз жангни Ойда ўтказишга мажбур бўламиз" 0 11:14Камилла Раҳимова ва яна бир теннисчимиз "Ролан Гаррос" асосий тўрида кортга чиқади 0 10:53Гвардиола мавсум якунлари ҳақида фикр билдирди 0 10:32Шон Стрикленд четлатилганига қарамай, машғулотларга қайтмоқда 0 10:11"Ролан Гаррос". Полина Кудерметова 1/2 финалга чиқди 0 09:50UFC рейтинги янгиланди: Двалишвили Стриклендни ортда қолдирди 0 09:29"Манчестер Сити" "Борнмут"ни юта олмади, "Арсенал" – чемпион! (+ВИДЕО ) 0

05 sen 16:39
Yangiliklar

Paralimpiya

Medallar jamg'arish bo'yicha O'zbekiston paralimpiyachilari nechanchi o'rinda?

Parij shahri mezbonligida o'tayotgan Yozgi Paralimpiya o'yinlarining navbatdagi kungi bahslari ham qizg'in kurashlar ostida kechyapti.

Kechagi kun dasturida o'zbekistonlik paralimpiyachilar bitta kumush medal qo'lga kiritishgandi. To'pponchadan o'q otish bahslarida Server Ibragimov jamoamizga Parij-2024 Paralimpiya o'yinlaridagi 15-medalni taqdim etgandi. Hozircha O'zbekiston sport delegaciyasi 6 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 12-o'rinni egallab turibdi. Kecha 9-pog'onadan joy olgandik. 

Xitoy Respublikasi 64 ta oltin, 49 ta kumush, 29 ta bronza, jami 142 ta medal bilan ro'yxatda katta ustunlik bilan peshqadamlik qilyapti. CHin yurti vakillari kechagi bahslarda 11 ta oltin medal qo'lga kiritishdi. O'ttiz uchta oltin, 25 ta kumush, 19 ta bronza medaliga ega Buyuk Britaniya ikkinchi o'rinni egallab turibdi. AQSH sportchilari 25 ta oltin, 29 ta kumush, 13 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasashgan. 

Bizdan avvalgi o'rinlarni Germaniya, Ispaniya, Avstraliya, Italiya, Ukraina, Braziliya, Niderlandiya va Franciya terma jamoalari band etgan. Jami 59 davlat delegaciyalari hisobida kamida 1 tadan oltin medal bor. Kamida 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgan davlatlar soni 78 taga etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing