25 jan 19:48
Yangiliklar
Boks/MMA

"Mehnat, mehnat va yana bir bor mehnat". Xamzat CHimaev Pyotr Yan bilan birga suratni joylashtirdi
Asli chechenistonlik shved jangchisi Xamzat CHimaev Tailanddagi "Tiger Muay Thai" mashg'ulot zalidan Pyotr Yan bilan birga UFC jangiga tayyorgarlik ko'rayotgan suratini joyladi.
"Mehnat, mehnat va yana bir bor mehnat", — deya suratni izohlagan Xamzat.
CHimaevning navbatdagi jangi braziliyalik Gilbert Byorns bilan bo'ladi. Pyotr Yan esa chempionlik jangida amerikalik Aljemeyn Sterling bilan uchrashadi.
Xamzat so'nggi jangini UFC 267 turniri doirasida, xitoylik Li Jianlinga qarshi o'tkazdi va raqibini birinchi raundning to'rtinchi daqiqasida bo'g'ish usuli orqali mag'lub etdi. UFCdagi to'rtta jangida CHimaev bor yo'g'i ikki marotaba zarba o'tkazib yuborgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar