19 may 16:28
Yangiliklar

Meksikada o'tadigan UFC 320 turnirining asosiy jangi aytildi
Vaziyatga yaqin manbalarning xabar berishicha, yarimengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleksandr Volkanovski ushbu turnirning asosiy jangida oktagonga chiqishi mumkin. Avstraliyalik chempionning reytingda to'rtinchi o'rinni egallab turgan Yair Rodrigesga qarshi jang o'tkazishi aytilmoqda.
Bu malumotni taniqli menejer Ali Abdel-Aziz ham tasdiqladi. Volkanovski va Rodriges so'nggi bor 12 aprel kuni Mayamida o'tgan UFC 314 turnirida o'z janglarini o'tkazgan edi. Aleks vakant qolgan chempionlik kamari uchun kechgan besh raundlik jangda Diego Lopesni ochkolar evaziga mag'lub etgan bo'lsa, meksikalik sobiq Bellator chempioni Patrisio "Pitbul" Freyredan ustun kelgandi.
Agar chindan ham Volkanovski - Rodriges jangi amalga oshsa, u holda bu revansh maqomidagi to'qnashuv bo'ladi. 2023 yilning iyul oyida o'tgan ilk jangda Volkanovski uchinchi raundda Yairni texnik nokautga uchratib, yarimengil vazndagi UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
Fikrlar