19 mar 10:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Meliqo'ziev kutishda davom etadi: Resendis o'z kamarini Mungiyadan himoya qiladigan bo'ldi
Prof boksning super o'rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Armando Resendisning keyingi jangi rasman elon qilindi.
U 2 may kuni Las-Vegasdagi (AQSH) T-Mobile Arena majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomining co main event bahsida ringga ko'tariladi.
Vakant kamarga ega chiqqan Resendis ilk himoya jangida Xayme Mungiya bilan bahs olib boradi.
Musobaqa markaziy jangi esa David Benavides va Xilberto Ramires o'rtasida jahon chempionligi uchun kechadi. Mazkur oqshom doirasida hamyurtimiz SHahram G'iyosov meksikalik Raul Kuriel bilan WBA Regular kamari uchun jang qilishi haqida mish-mishlar tarqalgandi.
Malumot uchun, Bektemir Meliqo'ziev majburiy davogar sifatida Resendis va Mungiya bahsi g'olibi bilan to'qnash keladi.

Havola :
Manba : Premier Boxing
Fikrlar