21 fev 08:32
Yangiliklar
Meliqo'ziev ringga chiqadigan boks oqshomining asosiy jangi ishtirokchilari ham tarozidan o'tdi
Oqshom ishtirokchilari ananaga ko'ra, tarozidan o'tish va so'nggi face to face marosimlarida hozir bo'lishdi. Kechaning asosiy jangi yarimo'rta vazn toifasida o'tkaziladi va unda WBC chempioni Mario Barrios yana bir taniqli bokschi Rayan Garsiyaga qarshi ringga ko'tariladi.
Har ikki charm qo'lqop ustasi belgilangan vazn meyorini bajardi. CHempion - 66,7 kg, davogar esa 66,5 kg vazn qayd etdi.
Ushbu boks turniri kardidan yana ikkita chempionlik jangi o'rin olgan bo'lib, ushbu bahs ishtirokchilari ham tarozi marosimidan muvaffaqiyatli o'tib olishdi.
IBF kamari uchun jang: Richardson Xitchins (63,5 kg) – Oskar Duarte (63,5 kg)
WBA kamari uchun jang: Geri Antuan Rassell (63,5 kg) – Endi Xiaroka (63,3 kg)

Fikrlar