13 fev 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
"Men bilan jang qilsin". Boks bo'yicha Jahon chempioni Topuriyani jangga chorladi
Amerikalik bokschi SHakur Stivenson UFC’ning engil vazn toifasidagi chempioni Iliya Topuriyaga boks qoidalari bo'yicha jang qilishni taklif qildi.
Stivenson va uning vatandoshi Terens Krouford boksning MMAdan ustunligi haqida bahslashishgan. Ross Topuriyani boksda raqobat qila oladigan ehtimoliy jangchi sifatida tilga olganida, Stivenson hech ikkilanmasdan javob berdi.
"Men bilan jang qilsin", — dedi bokschi.
Boshlovchi Topuriya "aqlbovar qilmas bokschi" ekanini aytganida, Stivenson: "Menga farqi yo'q. Unga ayt, men bilan jangga chiqsin", — deb javob qaytardi.
SHakurning professional rekordida 24 ta g'alaba bor, shundan 11 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar