01 iyu 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA
"Men bu erda chidamlilikni o'rgandim". Mayk Tayson tug'ilib o'sgan uyini ko'rsatdi + FOTO
Superog'ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga yangi post joyladi.
Xabaringiz bor, kecha amerikalik afsona 57 yoshga to'ldi.
"Braunsvill, men tug'ilgan joy. Aynan shu erda men chidamlilikni o'rgangandim", — deya suratlar ostida izoh qoldirgan Temir Mayk.
Malumot uchun, Mayk Tayson suprog'ir vazn toifasida WBC, WBA, IBF, The Ring chempionlik kamarlarini o'z qo'lida birlashtira olgan. Uning prof ringdagi janglari 58 tani tashkil etadi. Hisobida roppa-rosa 50 ta g'alaba bor. Oltita jangda mag'lubiyatga uchragan, yana 2 ta jangi o'tkazilmagan deb topilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar