30 iyu 16:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Men chempionlik jangiga loyiqman
UFC jangchisi Frensis Ngannu bugun Junior dos Santoc ustidan qozongan g'alabasidan so'ng, chempionlik jangiga loyiq ekanligini takidladi.
«Hozirgina Dana Uaytga men chempionlik jangida ishtirok etishim kerakligini aytdim. Dana menga buni keyinroq muhokama qilishimizni takidladi. Menimcha, uning javobi ijobiy bo'ladi. CHempionlik jangiga loyiqman deb o'ylaman. Agar Korme keyingi jangidan so'ng faoliyatini tugatadigan bo'lsa, uning kamariga asosiy davogar men bo'lishim kerak»,-dedi Frensis Ngannu.
Eslatib o'tamiz, Frensis Ngannu bugun UFC on ESPN 3 jang oqshomida Junior dos Santosni birinchi raunddayoq nokaut qilgandi.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar