18 jan 13:01
Yangiliklar
Boks/MMA

"Men Ergashev bilan 10 raundlik jang o'tkazgandim". Maykl Foks SHohjahonning g'alabasiga munosabat bildirdi
Xabaringiz bor, professional bokschimiz SHohjahon Ergashev bugun AQSHda meksikalik Adrian Estrellaga qarshi jang qildi.
10 raundga mo'ljallangan jang SHohjahonning birinchi raunddagi nokautli g'alabasi bilan yakunlandi.
Amerikalik bokschi Maykl Foks esa hamyurtimizning g'alabasiga quyidagicha munosabat bildirdi:
"Bu shovvozlar Ergashevga qarshi bir raund ham turib bera olishmayapti. Men u bilan 10 raundlik jang o'tkazgandim", - deb yozib qoldirgan bokschi Tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilning 15 fevral kuni SHohjahon Ergashev va Maykl Foks o'rtasida jang o'tkazilgan va unda Ergashev 10 raundlik jang yakuniga ko'ra ochkolar hisobida g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar