22 sen 16:17
Yangiliklar
Boks/MMA
"Men hoziroq Dyubuaning Usik bilan jangini ko'rishni istardim" - promouter
Promouter Frenk Uorren Daniel Dyubuaning Entoni Joshua ustidan qozongan g'alabasi haqida fikr bildirdi.
"Bu ajoyib jang bo'ldi. Joshua oxirigacha taslim bo'lmadi. Bu yorqin jang edi. Men doimo Dyubua buni uddalashini sezardim va u epladi. Men hoziroq uning Usik bilan jangini ko'rishni istardim, lekin Aleksandr Tayson bilan jang qiladi.
Bu erdagilarning barchasi chempionning bugungi chiqishini ko'rdi. U ko'pchilik orzu qiladigan ishni bajara oldi. Joshua uni ushlab olganidan biroz havotir oldim. Dyubua o'z cho'qqisida, u yanada kuchayishi mumkin", - dedi Uorren.
Eslatib o'tamiz, Londonda o'tkazilgan jangda Dyubua Joshuani 5-raundda nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : Boxingnews24
Fikrlar