21 dek 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA
"Men noroziman" - Entoni Joshua Jeyk Polga qarshi jang haqida
Superog'ir vaznda IBF, WBA, WBO va IBO yo'nalishlarida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua WBA reytingida 14-o'rinni egallab turgan Jeyk Polga qarshi jangga to'xtaldi.
Britaniyalik bokschi g'alaba qozonganidan norozi bo'lganini tan oldi. Entoni Jeykni oltinchi raundda nokautga uchratgandi.
"Men yaxshiroq chiqish qilishim kerak edi. Bu g'alaba, lekin muvaffaqiyat emas. Menimcha, murabbiyim mendan ko'proq narsa kutgan bo'lsa kerak. Lekin nima ham qila olardik? Vaqtni orqaga qaytarib bo'lmaydi. Men oldinga intilishim kerak. Buni o'tmishda qoldirishim kerak. Bu g'alaba hisobiga yashay olmayman. Men ko'p narsani o'rganishim lozim. SHunday ekan, ha, men o'tkazgan jangimdan noroziman", - deya Joshuaning so'zlarini keltiradi BoxingScene portali.

Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar