24 apr 15:52
Yangiliklar
Boks/MMA

"Men tarixdagi eng zo'r og'ir vaznli bokschiman". Fyuri Uaytga qarshi jangdan so'ng fikrlarini bildirdi
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri Dillian Uaytga qarshi jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"O'z chiqishimdan qoniqdim. Umid qilamanki, u ham o'z jangidan mamnun. Unga jahon chempioni bilna jang qilish nasib qilmadi. Men jahon chempioni emasman, afsonaman Buni rad etib bo'lmaydi. Men tarixdagi eng zo'r og'ir vaznli bokschiman. Buyuk og'ir vaznlilardan xech kim meni yuta olmagan. Gap bu erda o'ziga bo'lgan ishonch haqida ketmayapti. O'zingiz o'ylang, 206 sm bo'y va 122 kg vaznga ega bokschi ringda o'rta vaznli kabi harakatlanmoqda, qattiq uradi va har qanday zarbani ko'tara oladi", - dedi Fyuri jangdan so'ng.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar