29 may 11:26
Yangiliklar
Boks/MMA

"Men tresh-tokda kuchsizman" - Dmitriy Bivol
Dmitriy Bivol tresh-tokga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.
"Men tresh-tokda ancha kuchsizman, bu men uchun noqulay. Bazan mendan qandaydir gap olmoqchi bo'lishadi, bazan rozi bo'laman. Ammo umuman olganda, men o'zimni boshqa odamdek ko'rsatgim kelmaydi, o'zligimcha qolmoqchiman.
Ijtimoiy tarmoqlardagi ko'proq obunachilardan voz kechaman, ammo o'zim bilan hamohanglikda yashayman — bu inson uchun eng zo'r tuyg'u. Siz millioner yoki milliarder bo'lishingiz mumkin, lekin agar ichki xotirjamlik bo'lmasa, baxtli bo'la olmaysiz", — dedi jahon chempioni Bivol.
Havola :
Manba : Forbes
Fikrlar