13 okt 18:40
Yangiliklar

"Men u qilgan ishni unutmayman" Lomachenko Lopesning otasi bilan bo'lgan nizoni esladi
WBA, WBO va WBC Franchise kamarlari sohibi Vasiliy Lomachenko (14-1, 10 KO) o'zining bo'lajak raqibi Teofimo Lopesning otasi bilan bo'lgan nizoni esladi. O'shanda bokschining otasi o'g'li haqida gapirishni boshlagan va bu gaplarga bo'lgan Lomachenkoning reakciyasi katta Lopesga yoqmagan.
"Meni fikrimcha Lopesning otasi biroz mast edi. U o'g'li haqida gapirishni boshladi. Meni bu gaplarga bo'lgan munosabatim katta Lopesga yoqmadi. U "Meni o'g'lim seni yo'q qiladi, u seni yanchib tashlaydi" degan edi.
Katta Lopes oldimga juda yaqin keldi, do'stlari esa uni olib qolishdi. Bu ahmoqona ish edi. Aql bilan qilinmagandi. Sen katta kishisan, nimalar qilyapsan?
Albatta men Teofimo bilan jang qilaman, lekin u nima qilganini xech qachon unutmayman", - dedi Lopes.
Fikrlar