19 jan 13:49
Yangiliklar

"Men uni yanchib tashlashni xohlayman". CHimaev Byorns bilan jang haqida gapirdi
"Hamma men haqimda gapiradi, lekin hech kim men bilan jang qilishni xohlamaydi, chunki biz hammani o'ldiramiz. Gilbert Byorns Braziliya haqida gapirgan edi, lekin men undan ko'ra ko'proq braziliyalikman. Mening murabbiyim braziliyalik va men uni gilamchaga qanday yiqitganini bilaman. Biz uni bo'g'ib o'ldiramiz.
Umuman olganda, menga Byorns yoqadi. U quvnoq va yaxshi yigit. Lekin men u bilan jang qilishni, uni yanchib tashlashni va kamarini yutib olishni xohlayman. Urushda xushmuomalalikka o'rin yo'q", — CHimaevning so'zlarini keltiradi MMA Junkie.
Xamzat so'nggi jangini UFC 267 turniri doirasida, xitoylik Li Jianlinga qarshi o'tkazdi va raqibini birinchi raundning to'rtinchi daqiqasida bo'g'ish usuli orqali mag'lub etdi. UFCdagi to'rtta jangida CHimaev bor yo'g'i ikki marotaba zarba o'tkazib yuborgan.
Fikrlar