12 dek 16:28
Yangiliklar
Boks/MMA

"Men uning yuziga musht tushurishim kerak edi". Joshua Pulev bilan jangdan oldin yuzaga kelgan vaziyat haqida gapirdi
Kecha, 11 dekabr kuni Entoni Joshua va Kubrat Pulev o'rtasida ko'z urishtirish marosimi bo'lib o'tdi.
Bu jarayon kichik janjal bilan yakunlandi.
Kubrat Pulev Joshua tomoniga quyushqondan chiqaruvchi so'zlar gapirdi. Ikki bokschini ajratishga to'g'ri keldi. Joshua Pulevning harakatlarini tanqid qildi.
"SHu paytgacha ko'p gapirgan bokschilar mendan o'z "nasiba"larini olishgan. O'sha payt men uning yuziga musht tushirishim kerak edi. Ammo men bu ishni endi ringda bajaraman.
Kubrat o'z hayolida engilmas jangchi. Hamma bokschilar men bilan jang qilishganda shunday o'ylashadi. Bir necha raundlardan keyin ular hammasini tushunib olishadi", - dedi Entoni Joshua.
Havola :
Manba : Ring TV
Fikrlar