24 mar 13:26
Yangiliklar
Boks/MMA
"Men yaxshiroqman!". Rayan Garsiya Kroufordni haddan tashqari baholangan deb atadi
Yarim o'rta vazn toifasida WBC chempioni amerikalik Rayan Garsiya Terens Krouford haqida gapirib, uning obro'siga shubha bildirdi va o'zini eng yaxshi jangchi deb atadi.
"Terens Krouford? Men uni odamlar aytganchalik yaxshi deb o'ylamayman. Men bilan bahslashishingiz mumkin, lekin o'zimni eng yaxshi jangchi deb hisoblayman. Tezroq, kuchliroq, ha, men eng yaxshi holatdaman", - dedi Garsiya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
SHuningdek, u Kroufordning so'nggi janglarini tanqid qilib, uni ortiqcha baholangan bokschi deb atadi.
"U so'nggi jangida yaxshi ko'rinmagandi. Agar u xohlasa, men u bilan 154 funt og'irlik vaznda jang qila olaman. Ha, menimcha, Kroufordning bahosi oshirib yuborilgan. O'ylashimcha, u hayotida hech qachon avlod darajasidagi jangchi bilan to'qnash kelmagan", - deya qo'shimcha qildi Garsiya.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar