15 noy 10:36
Yangiliklar
"Men yolg'onchi emasman". CHendler Porening gaplariga javob qaytardi
Engil vazn toifasida UFC jangchisi Maykl CHendler uni yolg'onchi deb atagan Dastin Porega javob qaytardi. Porening takidlashicha, CHendler bo'g'ish usulini amalga oshirish uchun barmoqlarini og'ziga qo'ygan va unga ataylab qon puflagan.
"Tan olaman, uning og'zi ochiq edi, mening qo'lim uning ichida, kapasida edi. U barmoqlarimni tishladi va men ularni tortib olishga harakat qildim.
Agar men nafas olmoqchi bo'lsam, bu qon chiqishi kerak edi, demak, bu yomon niyatli, g'alati narsa emas edi. Lekin kechir, sen mening tagimda yotgan eding. Men gravitaciya kuchini kashf qilmaganman. Men firibgar emasligimni hammangiz bilasiz. Men bu o'yinni yaxshi ko'raman. Men aldamayman", - dedi CHendler.
Maykl CHendler 13 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan UFC 281 turniri doirasida Dastin Porega qarshi jang qilib, mag'lub bo'lgan edi.
Fikrlar